Joriy yilning 15 sentabr kuni maxsus fan oʻqituvchi X.Toʻraboyev hamda texnikumning oʻquv metodik boʻlimi boshligʻi Gʻ.Oʻrmonovlar tomonidan 7-20 guruh oʻquvchilarini nazariy bilim olishlarini huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida Fargʻona tumanlararo sudiga tashrif buyurdilar.
Mutaxassislik fanlar doirasida fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudi sudyasi Sh.Axunbayev tomonidan “Fuqarolik ishlarining taalluqligi va sudlovliligi” mavzusida maxorat darsi oʻtkazildi.
Sh.Axunbayev tomonidan oʻquvchilarga mavzu boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalar berildi.
Maxorat darsida oʻquvchilar faol qatnashdilar hamda oʻzlari qiziqtirgan savollarga atrofliycha javob oldilar.