Joriy yil 22-sentabr kuni texnikumning oʻquv metodik boʻlimi boshligʻi Gʻ.Oʻrmonov hamda Farg’ona viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo’yicha sudyasi U.Xo’jaqulovlar tomonidan «Sud huquqiy faoliyat» yo’nalishi, 5-20 guruh oʻquvchilarining nazariy bilimlarini huquqni qoʻllash amaliyoti bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida “Fuqarolik ishlarining taaluqliligi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
U.Xo’jaqulov tomonidan oʻquvchilarga fuqarolik huquqi fani boʻyicha mavzuga oid malaka va koʻnikmalar berildi.
Mahorat darsida oʻquvchilar faol qatnashdilar hamda oʻzlari qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.