Bugun Fargʻona viloyati maʼmuriy sudi sudyalari U.Axmedov va I.Matmusayev hamda Fargʻona tumanlararo maʼmuriy sudi raisi S.Qurbonov ishtorikida «Sudya va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida oʻquvchilarga «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunning mazmun mohiyati, kiritilgan oʻzgartishlar va yangiliklar haqida maʼlumot berib oʻtildi.
Bundan tashqari muhim siyosiy jarayon- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov boʻyicha alohida toʻhtalib, saylov qonunchiligiga kiritilgan o’zgartishlar, Saylov kodeksiga asosan saylov jarayonlarida qonunbuzilish xolatlari aniqlanganda maʼmuriy hamda jinoiy javobgarliklar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.