Farg’ona viloyati yuridik texnikumida «O’qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Ta’zim Sizga aziz ustozlar!» deb nomlangan bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbirga uzoq yillar jamoa bilan birga ishlagan faxriy ustozlar taklif qilindi.
Bayram munosabati bilan texnikum xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining yo’llagan tabrigi o’qib eshittirildi va faol mehnatlari uchun vazirlik tomonidan berilgan «Faxriy yorliq»lar hamda texnikum ma’muriyatining «Tashakkurnoma»lari o’z egalariga topshirildi.
Kuy-qo’shiq, jozibali raqslarga boy bo’gan ushbu tadbir barchaga xush kayfiyat bag’ishladi.