Fargʻona viloyati yuridik texnikumi direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga bagʻishlangan «Saylov -2021, Mening ilk ovozim» shiori ostida oʻtkaziladigan targʻibot tadbirlari rejasining 6-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida maxsus fan oʻqituvchisi O.Usmonova rahbarligidagi «Adliya qanotlari» targʻibot guruhiga Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi yetakchi mutaxassisi E.Qalandarov tomonidan seminar-trening mashgʻuloti tashkil etildi.
Mashgʻulotda saylov qonunchiligidagi oʻzgarishlar va aholini eng koʻp qiziqtiradigan savollar boʻyicha batafsil maʼlumot berib oʻtildi va saylovga bagʻishlab tayyorlangan tarqatma materiallarning mazmun mohiyati tushuntirildi.
Tadbirdan soʻng «Adliya qanotlari» targʻibot guruhi aʼzolari «Al-Fargʻoniy» nomidagi istirohat bogʻiga tashrif buyurib, maxsus flayerlarni tarqatdilar va saylovda ilk bor ovoz beradigan yoshlar bilan fikr almashdilar.