Joriy yilning 6 oktabr kuni texnikumning “Oʻquvchilar turar joyi”dagi o’quvchi- qizlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oila maktabiga tayyorlash hamda qoʻshimcha hunar oʻrgatish maqsadida texnikum omborchisi N.Ahmedova tomonidan “Master klass” mashg’uloti oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida N.Ahmedova oʻquvchi qizlarga tez tayyor boʻladigan yevropa salatlaridan birini tayyorlash usulini oʻrgatildi. Shuningdek mashgʻulot davomida oʻquvchi qizlarga toʻgʻri dazmol qilish sirlarini amaliy tarzda koʻrsatib oʻtdi.