Joriy yilning 19-oktabr kuni “Ustoz va murabbiylar” oyligi doirasida oʻquvchi- yoshlar o’rtasida texnikum odob-axloq qoidalariga amal qilish, jamiyatda yurish-turish va muomala madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida texnikum psixologi B.Agzamova tomonidan seminar- trening tashkillandi.
Seminar- treningni Fargʻona Davlat Universiteti “Psixologiya” kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Ergasheva olib bordi.
Psixologlar oʻquvchilarga muomala madaniyati va uning usullari haqida maʼlumot berib o’tdilar.
Seminar- treningda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.