“Ona tilim- gʻururim, faxrim”
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan texnikumda “Ona tilim- gʻururim, faxrim” shiori ostida adabiy- badiiy kecha oʻtkazildi.
Kechada viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi v.v.b E.Olimov ishtirok etdi.
Tadbirda oʻquvchi- yoshlar tomonidan ona tilini ulugʻlovchi sheʼrlar va qoʻshiqlar ijro etildi, “Davlat tili haqida”gi Qonun moddalari va ularning sharxlari yoritildi.
Shuningdek, oʻzbek adabiyotining nodir asarlaridan parchalar hamda intermediyalar namoyish etildi. Oʻzbek milliy cholgʻu asbobi- dutorda kuylar ijro etildi.
Ijodkor oʻquvchi- yoshlar qalamiga mansub sheʼrlar mualliflar tomonidan oʻqib eshittirildi.
Tadbir barchada yorqin taassurot qoldirdi.