⚖️ Fargʼona viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan texnikumda joriy yilning 27 oktyabr kuni «Ochiq eshiklar» kuni targʼibot tadbiri tashkil etildi.
✅ Ushbu tadbirda Intellektual mulk sohasiga oid muammolar va sohaga oid yangiliklar, mualliflik va turdosh huquqlar, tovar belgisi, ishlab chiqarilgan joyi nomlari va ularni huquqiy himoyasi, kontrafakt mahsulotlar hamda ularga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan amaliy ishlar hususida tashuntirishlar berildi.
✅ Tadbir davomida ishtirokchilarini qiziqtirgan savollari yuzasidan javoblar berildi. Shu bilan birga texnikum o’quvchi- yoshlarining takliflarini inobatga olgan holda tadbirlarni har oyda bir marotaba oʼtkazishga kelishib olindi.

Ulashing: