Joriy yilning 28 oktabr kuni texnikumning «Hususiy-huquqiy fanlar» kafedrasi oʻqituvchisi O.Usmonova tomonidan 2-bosqich “Yuridik xizmat” yoʻnalishi 4-20 guruh oʻquvchilariga “25 oktabr Ichki ishlar xodimlari kuni” mavzusida “Maʼnaviyat saboqlari”dan ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.
Dars mashgʻuloti binar shaklida tashkil qilinib, unga Fargʻona viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi maʼnaviy-marifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boʻlimi inspektori katta leytinanti Sh.Saydinov taklif etildi.
Sh.Saydinov soʻzga chiqib, IIOlari faoliyatining asosiy prinsiplari, IIOlari tizimi, IIOlari xodimlarini lavozimga tayinlash hamda IIOlarining huquq va faoliyatlarining mazmun mohiyati toʻgʻrisida fikr bildirib oʻtdi.