Farg’ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy- texnika mutaxassisliklari bo’yicha tayyorlash markazi bilan hamkorlikda texnikum dekani A.Ergashev va «Xususiy- huquqiy fanlar» kafedrasining Konstitutsiyaviy huquq fani o’qituvchisi F.Mirjavharovalar ishtirokida harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshlar bilan «O’zbekiston Respublikasini himoya qilish. Mudofaasi va xavfsizligi» mavzusida huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulotda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning yaratilishi uning mazmun mohiyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari, mudofa va xavfsizlik masalalari mukammal yoritib berildi.
Mashg’ulot so’ngida chaqiriluvchilar tomonidan berilgan huquqiy savollariga atroflicha javoblar berildi.