Joriy yilning 2-noyabr kuni texnikumda oʻquvchi- yoshlar hamda Fargʻona viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Fargʻona viloyati sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov xayʼati raisi A.Madaminov, sudyalar B.Mamadaliyev, M.Umarov, F.Amanov va M.Ummatovalar ishtirok etdilar.
Koʻtarinki ruxda oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasida sud-huquq sohasidagi islohatlar, sudlarning faoliyati, sud tizimida ish olib borish tartibi va soxaga oid qator masalalarga sudyalar tomonidan tushunchalar berib oʻtildi.
Texnikum oʻquvchilari tomonidan berilgan savollarga sudyalar tomonidan mazmunli javoblar berildi.