⚖️ Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhum tashabbus ijrosini taʼminlash, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 9-noyabr kuni texnikumda tashkil etilgan “Book cafe”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

♻️ Ochilish marosimida Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari O.Fayzullayev ijtirok etdi.

♻️ Texnikum direktori M.Toshmatova texnikumda oʻquvchi- yoshlarga yaratilayotgan koʻplab shart-sharoitlar va imkoniyatlar qatorida “Book cafe”ning tashkil etilishi, “Book cafe” dagi mavjud kitoblar, 100 m/b tezlikdagi WI-FI zonalardan unumli foydalanishlari mumkinligi ularni yana bir bor taʼlim olish uchun intilishlariga asos boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Ulashing: