⚖️ Joriy yilning 10 noyabr kuni Fargʻona viloyati sudi binosida yuridik texnikum oʻquvchilari bilan “Sudya va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

♻️Uchrashuvda yuridik texnikum oʻquvchilari viloyat sudining tarixiy- muzeyi, axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv xizmatlar va sud majlislarini masofaviy oʻtkazish xonasi hamda viloyat sudining maʼmuriy binosi bilan yaqindan tanishdilar.

♻️ Shu bilan birga majlislar zalida viloyat sudining sudyalari va yoshlar kengashi yetakchilari bilan davra suhbati oʻtkazildi.

♻️ Sudyalar va yoshlar kengashi yetakchilari suhbatni xozirgi kundagi “Sud- huquq” tizimidagi islohatlar, sudyalar oliy kengashining tashkil qilinishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-noyabrda soʻzlagan nutqidagi Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan eng ustivor vazifalar, shu bilan birga sohaga oid boʻlgan mavzular doirasida oʻtkazishdi va texnikum oʻquvchilari berilgan savollariga mazmunli javob oldilar.

Ulashing: