Fargʻona viloyat prokuraturasida viloyat yuridik texnikumi oʻquvchi yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Fargʻona viloyat prokuraturasida viloyat yuridik texnikumi oʻquvchi yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Dastlab viloyat prokuraturasining katta majlislar zalida viloyat prokurorining oʻrinbosari Shuxratjon Mustafayev tomonidan yoshlarga prokuratura tizimi faoliyati haqida qisqacha tushuntirish berildi.

Shundan keyin, viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga ochiq dars oʻtilib, unda prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, ustuvor vazifalari va maqsadlari, prokuratura organlari tizimi, tarixi va bugungi kunda olib borilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi va prokurtura tarixiga oid videorolik namoyish etildi.

Uchrashuv savol-javob shaklida davom ettirilib, ishtirokchilarga esdalik sovgʻasi safatida kitoblar topshirildi.

Tadbir doirasida oʻquvchi yoshlar viloyat prokuraturasi binosidagi “Prokuratura tarixi” muzeyini koʻzdan kechirdilar hamda mahkamadagi xodimlar faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar, ish jarayonlari, shu jumladan fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Viloyat prokuraturasi tomonidan yuridik texnikum kutubxonasiga T.Mirzayevning “Men oʻzbekman” nomli monografiyasi sovgʻa qilindi.

Ulashing: