“Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiori ostida “Rasm chizish” tanlovi o’tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “2021-2022 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturining 43 bandida belgilangan yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta’lim berish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi”ning 3 bandida “Ta’lim muassasalarida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” 10 kunligini tashkil etish” vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 9-dekabr kuni birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiori ostida “Rasm chizish” tanlovi o’tkazildi.

Ulashing: