«Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi.

Zaxmatli mexnati orqali orzu umidlari ushalgan inson eng baxtli insondir. Shuning uchun doimo balandlarga intiling, ezgu maqsadingiz uchun kurashing. Doimo o’qing- o’rganing, o’zingizga ishoning, kashfiyotlar qiling, yangiliklar yarating, oldinga dadil qadam tashlang, – Shavkat Mirziyoev.

2022-yil 6-yanvar kuni texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan «Farg’ona viloyati yuridik texnikumida ta’til davrida xodimlarning intellektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sog’lom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi»ning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi.

Qur’a tashlash natijasida xodimlar to’rtta jamoaga bo’linishdi. Natijada «Kuch adolatda», «Femida», «Emitent» va «Tafakkur» jamoalari shakllandi. Dastlab «Femida» jamoasi «Tafakkur» jamoasini, so’ngra «Kuch adolatda» jamoasi «Emitent» jamoasini mag’lubiyatga uchrashib finalga yo’ olishdi.

Murosasiz kechgan final bellashuvida «Femida» jamoasi «Kuch adolatda» jamoasini mag’lub etib 🏆 g’oliblikni qolga kiritishdi. G’oliblar diplom va «Yoshlar bilan ishlash» bo’limi tomonidan sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, bellashuv davomida lotoreya o’yinlari o’tkazildi.

Tadbir «Cofe-break» bilan yakunlandi.

Ulashing: