“Har bir kishi oʼqib chiqishi kerak boʼlgan 100 kitob” nomli davra suhbati tashkillandi.

Kitobsiz taraqqiyotga, yukasak maʼnaviyatga erishib boʼlmaydi. Kitob oʼqimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yoʼq. (Shakat Mirziyoev)

2022 yil 6-yanvar kuni texnikum direktori tomonidan tasdiqlangan “Fargʼona viloyati yuridik texnikumida taʼtil davrida xodimlarning intelektual salohiyati, uslubiy metodikasini oshirish, hamda sogʼlom turmush tarzini olib borishga qaratilgan tadbirlar rejasi” ning 8-bandini taʼminlash maqsadida, Fargʼona viloyati yuridik texnikum axborot-resurs markazi tomonidan “Har bir kishi oʼqib chiqishi kerak boʼlgan 100 kitob” nomli davra suhbati tashkillandi.

Inson kamol topib, jamiyatga foydasi tegadigan shaxs boʼlib yetishishi bir qator omillarga bevosita bogʼliq hisoblanadi. Masalan, uning nasl-nasabi, dunyoga kelgan oilasidagi muhit, oʼqish-yozishni oʼrgangan dargohida taʼlim-tarbiyaga boʼlgan munosabat, doʼst-u birodarlarining fazilatlari, hamkasblari bilan aloqalari va hokazo. Bu roʼyxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Аmmo insonga kitob deb atalmish bir buyuk neʼmat inʼom etilganki, uning ahamiyatini boshqa biror narsa bilan qiyoslab boʼlmaydi.

Ulashing: