Bolalarni huquqiy savodxonligini oshirish

http://bolahuquqlari.uz/

Loyiha haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq,  bolalar uchun maxsus huquqiy portal yaratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida “bolahuquqi.uz – Bola huququlari portali” – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy, mantiqiy, koʻngilochar-interaktiv portal ishlab chiqildi.

Farmon bilan portalda quyidagilar amalga oshiriladi:

– Konstitutsiyani oʻrgatishga doir ilk tushunchalar;

– kundalik hayotda qoʻllashga moʻljallangan boshlangʻich huquqiy bilimlar;

– huquqni targʻib qiluvchi turli xil oʻyinlar, mashgʻulotlar va dasturlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va boshqa zarur maʼlumotlarni berish.

Bola huquqlari portali 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga hamda ota-onalarga moʻljallangan boʻlib, unda bola oʻrganishi va odatlanishi kerak boʻlgan boshlangʻich huquqiy koʻnikmalar, maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi, salomatlik, yoʻl harakati, odob-axloq, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha elementar tartib-qoidalar, Konstitutsiya, bola huquqiga oid hujjatlar haqida maʼlumotlar sodda tilda taqdim etilgan.

Koʻngilochar-interaktiv oʻyinlar, mantiqiy topshiriqlar, testlar bolalar huquqiy bilimlarining oshishiga imkon beradi.

Boshqacha qilib aytganda, oʻgʻil-qizlarning huquqiy saviyasi yuksaladi va ular mazkur saytdan foydalanish barobarida oilada, bogʻcha, maktabda, umuman, jamoat joylarida oʻzini qanday tutish, nimalarga eʼtibor berish kerakligi jihatdan bilimlarini boyitadi, huquqiy savodxonlik darajasini mustahkamlaydi.

Loyiha materiallaridan foydalanganda portal havolasini ko‘rsatish shart.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ulashing: