Adliya vazirligida Konstitutsiya bayrami arafasida taqdirlash marosimi o’tkazildi

Adliya vazirligida Konstitutsiya bayrami arafasida taqdirlash marosimi o’tkazildi

Bugun, 7 dekabr kuni Adliya vazirligida adliya organlari xodimlari va jamoatchilik faollari ishtirokida Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Unda so’zga chiqqan adliya vaziri Ruslanbek Davletov yig’ilganlarni kirib kelayotgan buyuk bayram – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi bilan qutladi.

Shuningdek, vazir nutqida inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish hamda islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash borasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va oldida turgan muhim vazifalar ta’kidlandi.

Jumladan, vazirlik tashabbusi bilan 142 ta qonun hujjatlari, shu jumladan 31 ta qonun loyihalari ishlab chiqildi.

Vazirlik tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to’siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari fuqarolardan 28 turdagi hujjatlarni talab
qilishi va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan ularning berish amaliyoti bekor qilindi, hokimiyatlar faoliyatiga xos bo’lmagan 11 ta funktsiya tegishli davlat organlariga o’tkazildi, faoliyati samarasiz deb topilgan 29 ta idoralararo-kollegial organlar tugatildi.

Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini yanada kengaytirish va aholiga qulayliklar yaratish maqsadida zamon talablariga javob beradigan 120 dan ortiq davlat xizmatlari markazlari binolari qurildi. FHDYO arxivlarida saqlanayotgan qog’oz shaklidagi 60 mlndan ortiq arxiv ma’lumotlarining 85 foizi raqamlashtirildi.

2020 yil 19 mayda qabul qilingan “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” Prezident Farmoni bilan Adliya vazirligi zimmasiga qator qo’shimcha vazifa va funktsiyalar yuklatildi.

Joriy yilning shu vaqtiga qadar vazirlik tizimda 4 ta yangi boshqarma tashkil etilgan holda, vazirlikning qo’shimcha vazifa va funktsiyalari belgilandi.

Vazirlik tizimida korruptsiyani yo’q qilishga qaratilgan bir qator islohotlar “CERT INTERNATIONAL” xalqaro tashkiloti tomonidan tahlil qilindi. Tahlil natijasida vazirlik 2020 yil 9 sentyabr` kuni O’zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bo’lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yo’nalishi “Korruptsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholandi va xalqaro reestrga kiritildi hamda buni tasdiqlovchi sertifikatga ega bo’ldi.

Shuningdek, “Adliya – tadbirkorga do’st” loyihasi doirasida tadbirkorlik sub’ektlari uchun huquqiy maslahatlar berishga ixtisoslashgan maxsus interfaol “Biznesga maslahat” (Advice for business) portali ishga tushirildi.

Bundan tashqari, vazir o’z nutqida kelgusida vazirlik tomonidan amalga oshirilishi kerak bo’lgan bir qator vazifalarga ham to’xtalib o’tdi.

Jumladan:

  • ex-post (keyingi) tahlilini o’z ichiga olgan qonun hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashning kompleks tizimini ishlab chiqish;
  • ilmiy lingvistik ekspertiza mexanizmlarini shakllantirish;
  • normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o’tkazishning institutsional, ilmiy va uslubiy asoslarini yaratish;
  • qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish va huquqiy tartibga solishning ortiqcha yukini bartaraf etish orqali «aqlli tartibga solish» modelini joriy qilish va boshqalar.

Tadbirda Adliya vazirligi tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Huquqiy targ’ibot ishlari a’lochisi” ko’krak nishoni o’z sohiblariga topshirildi. Ushbu nufuzli mukofot bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo’shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari taqdirlanadilar.

Shuningdek, bir guruh adliya xodimlari samarali mehnati, huquq sohasiga qo’shayotgan hissasi uchun “Adliya a’lochisi” ko’krak nishoni hamda Faxriy yorliqlar bilan taqdirlan

Ulashing: