Joriy yilning 7-fevral kunidan boshlab anʼanaviy shakldagi oʻquv jarayonlari boshlanganligi munosabati bilan texnikumning Yoshlar boʻlimi tomonidan birinchi va ikkinchi bosqich guruh sardorlari bilan navbatdagi yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda kelgusidagi rejalar, tadbirlar, klublar faoliyati, sport toʻgaraklari, radiouzel faoliyati va boshqa masalalar yuzasidan kelishib olindi.
Guruh sardorlari yigʻilish yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirib, kerakli topshiriqlarni oldilar.






