“Bobur kabi seving Vatanni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Bobur kabi seving Vatanni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir avvalida Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi yuzasidan texnikum o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Kechada I-bosqich o‘quvchilari Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, tuyuqlarni yod aytdilar, shuningdek, shoir qalamiga mansub she‘rlarga bastalangan qo‘shiqlar ijro etildi.

Shoh Bobur hayoti aks ettirilgan sahna ko‘rinishi o‘quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: