Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imom xatibi Sh.Egamberdiyev tashrif buyurib, texnikumning pedogog-xodimlari va oʻquvchi-yoshlari bilan davra suhbati oʻtkazdi.

Muqaddas Islom dinida taʼlim-tarbiya va odob-axloqqa oid masalalar, texnikumda tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarga diniy oqimlar va mazxablar haqida keng va atroflicha tushunchalar berish.

Shu munosabat bilan Fargʻona viloyati Toshloq tumani bosh imom xatibi Sh.Egamberdiyev tashrif buyurib, texnikumning pedogog-xodimlari va oʻquvchi-yoshlari bilan davra suhbati oʻtkazdi.

Bosh imom xatib Sh.Egamberdiyev maʼruza qilar ekan, hozirgi kundagi oʻquvchi-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi yoshlar uchun bir orzu boʻlib qolayotgani jahon internet tarmogʻi va OAVlarida yaqqol koʻzga tashlanib turibdi. Respublikamizda yoshlarni bilim olishi va kelajakda oʻzlari tanlagan soha boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlib yetishishlari uchun davlatimiz rahbariyati tomonidan koʻplab ishlar va islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkitlab oʻtdi.

Davra suhbatida bugungi kunning dolzarb mavzulardan biri boʻlgan yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarda yod diniy gʻoyalarga aldanib qolayotganligi, ota-onalarni hurmat qilish, talim-tarbiyani yaxshilash, vatanni sevish, oilani muqaddasligi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – yuridik texnikum direktori M.Toshmatova va maxsus fan oʻqituvchisi B.Movlonovlarning kun tartibidagi masala yuzasidan fikr va mulohazalari hamda tushuntirishlari eshitildi.

Ochiq muloqot rahbar va pedagog xodimlar hamda oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: