Texnikum “Yuridik klinikasi” tomonidan trening o’tkazildi.
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumining “Yuridik klinikasi” tomonidan «Yuridik klinika faoliyatini yanada rivojlantirish» maqsadida klinika rahbari D.Qayumova tomonidan trening o’tkazildi.
Texnikumning 2-bosqichida ta’lim olayotgan yoshlar uchun samimiy suhbat asosida tashkil etilgan mazkur amaliy mashg’ulotda 2-kursning faol talabalari “Yuridik klinika”dagi o’z faoliyatlari bilan bir qatorda bu yerda qo’lga kiritgan yutuqlari haqida ishtirokchilarga batafsil so’zlab berdilar.
Mavzuga oid amaliy mashg’ulotlar esa shu kunning o’zida boshlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube