Fargʻona viloyati FVV boshqarmasi hamkorligida texnikumda oʻquv-amaliy mashgʻuloti oʻtkazildi.
Joriy yilning 11-aprel kuni 2022 yilning 1 aprelidan 1 may kuniga qadar Respublika miqyosida «Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi» oʻtkazilishi munosabati bilan Fargʻona viloyati FVV boshqarmasi hamkorligida texnikumda o’quv-amaliy tadbir o’tkazildi.
Unda viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari boʻyicha tushuntirish berilib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tabiiy ofatlarni oldini olish, pedagog-xodimlar va oʻquvchi-yoshlarni bunday vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish, pedogog-xodimlar hamda oʻquvchi-yoshlarning hayotiga va salomatligiga xavf soluvchi avariya holatlarini oldini olish boʻyicha tushuntirish berib oʻtildi.
Bundan tashqari, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining kuch va vositalaridan favqulotda vaziyatli holatlarda toʻgʻri foydalanish borasida oʻquvchi-yoshlarga koʻrgazmali va amaliy mashgʻulotlar orqali koʻrsatildi.
Mashgʻulot ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, oʻquvchi-yoshlar tomonidan favqulotda vaziyatlar boshqarmasi vakillariga tur xil sohaga oid savollar berilib, ularning firk-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube