Joriy yilning 15-aprel kuni texnikumning “Sud huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 2-bosqich 7-20 guruhida guruh rahbari Sh.Jiyanova tomonidan “Islom dinining madaniyatga ta’siri va insoniyatga bo‘lgan fazlu marxamati ” mavzusida ochiq ma’naviyat dars mashg’uloti o’tkazildi.
Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Ochiq dars davomida Islom madaniyatiga oid bo‘lgan hadislardan namunalar, rivoyatlar hamda ma’lumotlar berildi. “Jannat onalar oyog‘I ostida” hadisi bo‘yicha qisqa saxna ko‘rinishi namoyish etildi.
Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.
























Telegram | Facebook | Instagram | Youtube