Ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi
Joriy yilning 18-aprel kuni texnikumning “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi O.Usmonova tomonidan “Davlat huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 12-21 guruhida «Huquq normalarini sharhlash» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.
Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.













Telegram | Facebook | Instagram | Youtube