Oʻzbek sheʼriyatining iqtidorli namoyondalaridan biri, el ardogʻidagi shoir Muxammad Yusuf hayot boʻlganida bugun 68 yoshda boʻlar edi.

✅ Shoirni xotirlash hamda uning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish maqsadida texnikum oʻquvchilari Andijon viloyatiga tashrif buyurdilar.

✅ Oʻquvchilar Andijon shahrida joylashgan “Muhammad Yusuf ijod maktabi”ga borib, u yerda maxsus tashkil etilgan hiyobonda davra suhbatlarida ishtirok etishdi, shoirning xaykaliga gullar qoʻyishdi.

Maktabda joylashgan Muhammad Yusuf muzeyi ham oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot uygʻotdi. Bunday ijodiy safarlar yoshlarda adabiyotga hamda sheʼriyatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshiradi va motivatsiya beradi.
Bundan tashqari oʻquvchilar Andijon viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilari bilan uchrashib, oʻzaro tajriba almashdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: