Joriy yilning 7-may kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Farg‘ona shahri markazida joylashgan “Ahmad al-Farg‘oniy” nomidagi istirohat bog‘ida «Adliya sayli» huquqiy-madaniy tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi, FHDY, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, kadastr idoralari, soliq, bandlik, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, shuning nodavlat-notijorat tashkilotlari, viloyat boshqarmalari, shuningdek, harbiy tuzilmalar mas’ul xodimlari hamda texnikum o‘quvchi yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbirda fuqarolarning huquqiy muammolarini yechishda amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir davomida yuridik texnikum o’quvchilari tomonidan saylga tashrif buyuruvchilarning huquqiy savodxonliklarini oshirish maqsadida tarqatma materiallar ulashildi. Aholining huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash uchun test savollari, viktorinalar bo‘lib o‘tdi.
»Adliya sayllari» da ishtirok etgan maktab o‘quvchilari va ularning ota-onalariga yuridik texnikum faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.




































Telegram | Facebook | Instagram | Youtube