Joriy yilning 19-may kuni “Umumta’lim fanlari” kafedrasi oʻqituvchilari N.Qurbonova va F.Asanovlar “Davlat tilida ish yuritish” fanidan “Binar dars” shaklida “Taqdimot yaratishga qo‘yiladigan talablar” mavzusida ochiq dars mashgʻulotini oʻtkazdilar.
Ochiq dars mashgʻuloti davomida huquqshunos kasbiy faoliyatida taqdimotning o‘rni, taqdimot turlari, taqdimot yaratishga qo‘yiladigan talablar yuzasidan AKT mutaxassisi ishtirokida tushunchlar berildi. Shuningdek, ta’sirchan nutq tuzish qoidalari o‘rgatildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar Ms official Power point dasturida taqdimot yaratish bo‘yicha amaliy topshiriqlar bajardilar.
Ochiq dars mashgʻulotini texnikumning tajribali pedagoglari kuzatib bordilar.








Telegram | Facebook | Instagram | Youtube