“Mehr ulashib” klubi maktagacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdilar

2008 yildan boshlab BMT Bosh assambleyasining qaroriga muvofiq Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda har yili 5-mayda “Butunjahon qo’l gigienasi” kuni o’tkazilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 19.05.2022 yil kuni texnikumning “Mehr ulashib” klubi a’zolaridan tashkil topgan volontyorlar guruhi Farg‘ona shahrida joylashgan 63-sonli maktagacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida bog‘cha tarbiyalanuvchilariga maxsus tayyorlangan viktorina savol-javoblar, mantiqiy o‘yinlar hamda mavzuga oid maqollar, sherlar va qiziqarli ma’lumotlar yetkazildi.

Muassasa tarbiyalanuvchilarning barchasi “Mehr ulashib” klubi a’zolari tomonidan maxsus gigiyena vositalaridan iborat sovg‘alar ulashildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: