Joriy yilning 24 may kuni 1-bosqich oʻquvchilarining davomati, ichki-tartib va odob axloq qoidalariga rioya qilishlari hamda oʻzlashtirish koʻrsatqichlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ularning ota-onalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda ota-onalarga texnikum faoliyati, texnikum oʻquvchilari uchun yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi 705-sonli va 11.01.2022 yildagi 17-sonli qarorlari hamda Adliya vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining yuridik texnikumlari oʻquvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom»i bilan tanishtirildi.

Yigʻilishdan soʻng ota-onalar texnikumda farzandlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Axborot resurs markazi, undagi oʻquv darsliklar, Sud amaliyot xonasi, oʻquvchilar turar joyi , innovatsion xonalar, sport zal va Book cafega tashrif buyurishib, oʻz fikr mulohazalarini bildirdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: