Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikamizda bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi borasida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Oʻzbekiston «Adolat» SDP tomonidan mazkur islohotlar qoʻllab-quvvatlangan holda 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda 4-dekabr – Xalqaro nigironlar kuni munosabati bilan respublikamiz boʻylab begʻaraz donorlik aksiyasi oʻtkazilib kelinmoqda.

Mamalakatimiz kelajagi egalari sogʻlom va barkamol boʻlib voyaga yetishiga barchamiz masʼulmiz. Prezidentimiz taʼkidlaganidek «Yoshlar kelajagi bilan bogʻliq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega».

Shu munosabati bilan joriy yilning 1-iyun kuni «Bor mehrimiz senga, bolajon» shiori ostida respublikamiz boʻylab bagʻaraz donorlik aksiyasida texnikumning pedagog-xodimlari hamda oʻquvchilari ishtirok etdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: