O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 16-maydagi 06/18-4/l-2621-sonli xatida, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining 2022-yil 7-may kunidagi 04-336-sonli yig‘ilish bayoni ijrosi hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tushuntiruv va profilaktik choralarni tashkil etish bo‘yicha yo‘l xaritasi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30-may kuni texnikumning yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Biz giyohvandlikka qarshi birga kurashamiz” shiori ostida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida rasm chizish tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda texnikumning “Yosh musavvirlar” klubi a’zolari faol qatnashdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

1-oʻrin Kamolova Ominaxon Odiljon qizi 16-21 guruh o‘quvchisi

2-oʻrin Azimova Odinabonu Baxromjon qizi 14-21 guruh o‘quvchisi

3-oʻrin To’lqinjonova Muazzamxon Dilshodxon qizi 13-21 guruh o‘quvchilari g’oliblikni qo’lga kiritdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: