Fargʻona viloyati yuridik texnikumi diretkorining buyrugʻiga asosan direktorning oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari A.Ergashev hamda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassisi B.Movlonovlar joriy yilning 10-iyun kunida Soʻx tumanida xizmat safarida boʻlib qaytishdi.

Xizmat safari davomida Soʻx tumani hokimligi, prokuratura va adliya boʻlimi masʼul xodimlari ishtirokida tuman musiqa va sanʼat maktabida seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Kun tartibida jamiyat aʼzolarining huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, KMT va idoralarda ijro hamda mehnat intizomiga rioya qilish, shuningdek, davlatimizning kelajagi hisoblangan tuman yoshlarini ertangi kuni, mustaqil xayotga qadam qoʻyish davrida kasb va mutaxassislikni toʻgʻri tanlashlari, buning uchun hukumat qarorlaridan xabardor boʻlib borishlari lozimligi haqida maʼlumot berib, seminarning pirovardida yuridik kadrlarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib Fargʻona viloyati yuridik texnikumida oʻqishlari uchun taklif qilindi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: