Fargʻona viloyati yuridik texnikumi xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya -mening taqdirimda” mavzusida Oʻzbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar, konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha keng qamrovli islohotlar, ushbu demokratik yangilanish jarayonlariga yangicha ruh va shiddat berish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish zarurligini barcha yaxshi anglab turganligi, konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari , keng jamoatchilik takliflari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan takliflar haqida texnikum direktori M.Toshmatova aloxida toʻxtalib oʻtdi.

Amalga oshirilayotgan barcha islohotlarimiz markazida inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan ezgu gʻoya mujassamligi sabab ushbu siyosiy jarayonda barchaning faol ishtirok etishi taʼkidlab oʻtildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: