BITIRUVCHI YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

Farg’ona Davlat universitetida o’tkazilgan uchrashuvda 300 nafarga yaqin bitiruvchilar ishtirok etishdi. Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Uchrashuvda bitiruvchi yoshlarning o’z oldilariga qo’ygan maqsadlari hamda ta’limning keyingi bosqichi bo’yicha bergan savollariga mutaxassislar tomonidan yo’nalishlar berildi.

Oliy ta’lim talabasi bo’lish baxtiga muyassar bo’lgan biroq, “YOshlar daftari”da ro’yxatda turadigan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga agar oliy ta’lim muassasasiga o’qishga kirsa, to’lov kontrakt mablag’ining 50 foizi to’lab berilishi, shuningdek, oliy ta’lim talabasi bo’la olmagan yoshlarni kafolat xati asosida bandligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilishi bo’yicha ham tadbir ishtirokchilariga tegishli tushunchalar berildi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: