Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri oʼrinbosari Siddiqova Sadoqat Gʼofforovna Fargʼona viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi huzuridagi professional taʼlim muassasalarining direktorlari ishtirokida oʼtkazilgan avgust seminarida qatnashdi.
S.Siddiqova yangi 2022-2023 oʼquv yiliga tayyorgarlik ishlari toʼgʼrisida toʼxtalib, yangi oʼquv yilida amalga oshirishi lozim boʼlgan aniq vazifalarni belgilab berish bilan birga professional taʼlimni rivojlantirish borasida oʼz talkiflarni berib oʼtdi.
Shuningdek professional taʼlim tizmidagi samarali mehnati uchun bir qancha rahbarlar qatori texnikum direktori M.Toshmatova ham O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.




Telegram | Facebook | Instagram | Youtube