⚖️ Joriy yilning 21-oktabr kuni texnikumning “Sud huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 1-bosqich 23-22 guruhida o‘quv-metodik bo’limi uslubchisi M.Abdurahimova tomonidan “21-oktabr – o’zbek tiliga Davlar tili maqomi berilgan kun“ munosabati bilan “Ona tili-millat g’ururi” mavzusida ochiq ma’naviyat dars mashg’uloti o’tkazildi.

🔹 Ochiq dars davomida interfaol usullar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.

🔹 Ochiq dars davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidentinig 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” yuzasidan tayyorlangan video rolik namoiyish etildi hamda ma‘lumotlar berildi va mavzuga taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishi musobaqa shaklida tashkil etildi.

🔹 Shuningdek, “Ona tili-millat g‘ururi” mavzusida tayyorlangan taqdimot va video rolik namoyish etildi. O‘quvchilar tomonidan o‘zbek tilini madx etuvchi sherlar, xikmatli so‘zlar, maqollar ijro etildi.

🔹 Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: