Fargʻona viloyati yuridik texnikumining 2023/2024 oʻquv yiliga rejalashtirilgan uslubiy seminarlar jadvaliga asosan joriy yilning 19-oktabr kunida texnikumda seminar–trening o’tkazildi.

Mazkur seminar “Fargʻona viloyati yuridik texnikumida davlat taʼlim standarti va tarmoq taʼlim standartlari asosida ishlash” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, seminar mashgʻulotni texnikum direktori M.Toshmatova tomonidan oʻtkazildi.

Seminar-trening davomida ishtirokchilar sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni dars mashgʻuloti davomida tadbiq qilishi bilan bir qatorda, yangi uslubiy-texnologiyalarni oʻrganishdi.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: