Til-xalqning, millatning eng buyuk qadryatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o’zligini anglab yetishga intilishda tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish muhum o’rin tutadi.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan texnikumning “Umumta’lim fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva boshchiligida “Til- dil kaliti” shiori ostida O‘zbek tili bayrami o‘tkazildi.
Tadbirda oʻquvchi- yoshlar tomonidan ona tilini ulugʻlovchi sheʼrlar va qoʻshiqlar ijro etildi, “Davlat tili haqida”gi Qonun moddalari va ularning sharxlari yoritildi.
Shuningdek, oʻzbek adabiyotining nodir asarlaridan parchalar namoyish etildi. Tadbir barchada yorqin taassurot qoldirdi.



















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube