«PEDOFILIYA MUAMMOSINI BARTARAF ETISH ZARURIYATI» mavzusida maqola chop etildi.

PEDOFILIYA MUAMMOSINI BARTARAF ETISH ZARURIYATI

Abdukarimov Mashhurbek Ravshanjon o’g’li

Farg’ona vıloyati yuridik texnikumi «Davlat huquqiy faoliyat» yo’nalishi 1-bosqich o’quvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikka moyil pedofil shaxslarning ayrim jihatlari hamda ushbu muammoni bartaraf etishning huquqiy, ijtimoiy jihatlari muhokama etiladi.

Kalit so‘zlar: pedofil, jinsiy zo‘ravonlik, voyaga yetmaganlar, viktimologiya, profilaktika.

THE NEED TO ELIMINATE THE PROBLEM OF PEDOPHILIA

Abstract. This article discusses some aspects of pedophiles prone to sexual violence against minors, as well as legal and social aspects of solving this problem.

Key words: pedophile, sexual violence, minors, victimology, prevention.

НЕОБХОДИМОСТЬ ЛИКВИДАЦИИ ПРОБЛЕМЫ ПЕДОФИЛИИ

Аннотация. В данной статье рассматриваются некоторые аспекты склонности педофилов к сексуальному насилию в отношении несовершеннолетних, а также правовые и социальные аспекты решения этой проблемы.

Ключевые слова: педофил, сексуальное насилие, несовершеннолетние, виктимология, профилактика.

KIRISH

Bugungi kunda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil shaxslar tomonidan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan ahloqqa qarshi huquqbuzarliklar sodir etayotgan shaxslarni ko‘p kuzatish mumkin. Mazkur toifalar zamonaviy tilda “pedofil” deb atalmoqda. “Pedofil” aslida kim, ularning g‘ayriijtimoyi qilmishlari (xarakat yoki harakatsizlik) nimalarda namoyon bo‘lmoqda.

“Pedofellar”ning g‘ariijtimoiy qilmishlari, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 119-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, ushbu moddaning uchinchi qismi a) bandida jabrlanuvchining o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda va b) bandi yaqin qarindoshiga nisbatan ya’ni jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish ya’ni zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, o‘n olti yoshga to‘lmagan va boshqa shaxslar zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan jinsiy aloqa qilish va ayollar nomusini bulg‘ash (JK 118-128-m,); ayolni jinsiy aloqaga kirishishga majburlash (JK 121-m); odam o‘g‘irlash (JK137-m) kabi huquqiy oqibatlar ko‘rsatilib o‘tilgan. Shuningdek, ahloqqa qarshi huquqbuzarliklar sodir etishga moyil shaxslarning bunday jinoyatlari uchun huquqiy javobgarlik o‘n turt yoshga to‘lgan aqli raso shaxs xisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq- tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi [2].

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2019 yil 10 yanvar kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 7-Ichki ishlar bo‘limiga tashrif buyurganlarida “Profilaktika ishlari tahlilga asoslanishi kerak. Har bir huquqni muhofaza qilish organida jinoyatchilikning joyi va turi bo‘yicha chuqur ma’lumot bo‘lishi, buning uchun davlat idoralari, jamoat tashkilotlari muntazam birga ishlashi zarur. Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, prokuratura-hammasi xalqqa xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga, jamiyatda ham jaholatga qarshi ma’rifat kuchli bo‘lishi lozim. Muhit shunday bo‘lishi kerakki, hech kim jinoyatga qo‘l ura olmasin”[3] deb bejizga aytib o‘tmaganliklarini, shu sababli ichki ishlar organlari tomonidan huquqbuzarliklarning yakka profilaktikasini takomillashtirish yuzasidan bir talay ishlar amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11 apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829- son Qonuni bilan nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majburlash, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, ularga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlarni sodir etish, voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi pornografik mahsulotni tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq jinoiy hatti-harakatlar uchun jazo choralari og‘irlashtirildi. Mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslar uchun jazo tayinlashni yengillashtiruvchi holatlar, shu jumladan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llash taqiqlandi.

Bundan tashqari, ushbu Qonun bilan ilgari voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, ularni sog‘lomlashtirish, bolalar sport, ijodiy tashkilotlarda ishlashni taqiqlandi.

Mazkur qonun 2023 yil 12 aprel kunidan rasman kuchga kirdi.

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga, Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, Oila kodeksiga, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng”huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Davlat bojii to‘g‘risida”gi Qonuniga hamda Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi [5].

XULOSA VA MUNOZARA

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishlikni lozim deb topdikki, davlatimiz raxbarining e’tiborlari voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan jinoiy zo‘ravonliklarga qarshi kurashishga qaratilganligi sababli, ushbu yo‘nalishda samaradorlikka erishish uchun voyaga yetmaganlarni jinoiy zo‘ravonliklardan asrash maqsadida, jinoiy zo‘ravonlik holatlari sodir etilishi mumkin bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan himoya orderi berishlikni yo‘lga qo‘yishlikni qonunchilikka kiritishni taklifini berishlikni maqsadga muvofiq deb bildik.

REFERENCES

1.       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida“gi PF-4947-son Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., № 6., 70-modda.

2.       https://lex.uz/acts/3107036.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 07 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli Farmoni.

3.       https://uznews.uz/posts/21933.Toshkent-2019 yil 10 yanvar. Shavkat Mirziyoev “Ichki ishlar organlari faoliyati” bilan tanishdi. Havola ko‘rildi. 23.06.2023 yil.

4.       https://lex.uz/docs/6445145.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Havola ko‘rildi.

23.06.2023 yil.

5.       https://.surxondaryo.sud.uz/xotin-qizlar-va-bolalar-huquqlarini-himoyaqilish.O.Karimov.Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudi raisi. Havola ko‘rildi. 23.06.2023 yil.

6.       Juraevna, G. D. (2022). Psychological views on the role of parents in raising children in the family. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(10), 143147.

7.       Juraevna, D. G. (2022). Preparing young boys and girls for family life. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(6), 1513-1517.

8.       Juraevna, G. D. (2021). Prevention of divorce by preparing young people for family life. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(12), 398-401.

9.       GAFFOROVA, D. (2023). Provoking factors of family breakdown in modern society. Transnational Journal of Medicine & Health, 2(10), 3-5.

10.  GAFFOROVA, D. (2023). Psychoprophylaxis of monthly conflict generating disagreements in modern society. Young Scholar’s Academic Journal, 2(7), 5-7.



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: