«Mehr ulashib» valontyorlari Fargʻona shahrida joylashgan bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar.

⚖️ Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Oʻzbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan gʻamhoʻrlik ogʻushida voyaga yetmoqda.

🔹 “3-dekabr -Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan texnikumning «Mehr ulashib» valontyorlari “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Kamolova boshchiligida «Bolalarga bering dunyoni» shiori ostida Fargʻona shahrida joylashgan bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida markazda davolanayotgan bemor bolajonlarga sogʻlik-salomatliklarini tiklashlarida ularga yaxshi kayfiyat ulashdilar hamda texnikum oʻquvchilari tomonidan maxsus tayyorlangan sovgʻalar ulashildi.




Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: