
Joriy yilning 22-aprel kuni texnikumning “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi D.Meliboyeva tomonidan “Yuristlar uchun o‘zbek tili” fanidan “Sud-huquqiy faoliyati” yo‘nalishi 38-23-guruhida “Maqola yozish qoidalari” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida interfaol usullar (Qaynoq kartoshka, “Yagona davra” strategiyasi, test sinovlari) zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi.
Shuningdek, mavzuga oid slaydli taqdimot asosida mavzu atroflicha bayon qilindi. Kichik guruhlar ishtirokida mavzuga oid ma’lumotlar yoritildi.
Darsni texnikumning tajribali hamda yosh o‘qituvchilari kuzatdilar va ijobiy baho berdilar.














Telegram | Facebook | Instagram | Youtube