Joriy yilning 22-aprel kuni Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida “top 100” talik ro’yxatiga kiruvchi Shvetsiyaning Lund universiteti professori va O’zbekiston Respublikasi TDYU o’qituvchisi R.O’rinboyev ishtirokida bitiruvchilar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat jarayonida bugungi kundagi ikkala davlatdagi taʼlim tizimi, boʻlgʻusi yuristlarni tayyorlash uslublari hamda halqaro hamkorlik masalalari haqida fikr yuritildi.
Uchrashuv davomida Shvetsiyaning Lund universitetining moddiy texnik bazasi, yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida yaqindan tanishtirildi va universitet to‘g‘risida video roliklar namoish etildi.
Yakunda texnikum o‘quvchi-yoshlari tomonidan berilgan savollariga professor R.O’rinboyev tomonidan javoblar berib o‘tildi.











Telegram | Facebook | Instagram | Youtube