Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida o‘tkazilgan «Klinik huquqiy ta’lim va pedagogikaning muhim tamoyillari» mavzusidagi seminar-trening yakuniga yetdi.
«Mintaqaviy muloqot» xalqaro NNT tashabbusi bilan ikki kun davom etgan seminar‐treninglar qizg’in bahs-munozaralarga boy bo’ldi. Ekspertlar tomonidan berib borilgan bilimlar Yuridik klinikalarning rahbar va xodimlari tomonidan rolli o’yinlar asosida tahlil qilindi hamda mavjud muammolarga yechim va takliflar berildi.
Bir so’z bilan aytganda, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari Yuridik klinikalarida tashkil etilgan huquqiy maslahatlarda o’quvchilarning bevosita ishtirokini ta’minlash, istiqbolda malakali yurist kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o’tildi.



















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube