“Qonun ustuvorligi va huquqiy etika” mavzusida mahorat darsi bo’lib o’tdi.
»Mintaqaviy muloqot» xalqaro NNT tashabbusi bilan Farğona viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan dars mashg‘ulotini AQShdan tashrif buyurgan professor Den Hassenfeld olib bordi.
Mashg’ulotda, o’quvchilar professor bilan ochiq muloqotga kirishdi hamda mavzuga oid ma’ruzasi va mavzudan tashqari, konfidensiallik tamoyilini qo’llab-quvvatlash burchi, sud jarayonining halolligi, advokatlarning mijozlar va sudlar oldidagi mas’uliyati kabilarni muhokama qilishdi.
Professor D.Hassenfeldning ta’kidlashicha, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash nafaqat davlatning ma’suliyati, balki advokatlarning ham burchi hisoblanadi.















Telegram | Facebook | Instagram | Youtube