Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Yuridik klinika”si rahbari D.Qayumova va Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudi hamkorligida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati davra suhbati tashkil etildi.
Shunga ko‘ra Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida joriy yilning 4-dekabr kuni Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyalari va sudya yordamchilari taklif qilindi.
Uchrashuv davomida Fargʻona tumanlararo mamuriy sudi sudyalari N.Tojiyeva,A.Imatov, sudya yordamchilari F.Abduboisova, U.Jabborov, R.Qoʻchqarovlar so‘zga chiqib, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mazmun-mohiyatini, xalqchil ekanligini mazkur qonunimiz barcha normativ huquqiy hujjatlarga manba bo‘lib xizmat qilishi haqida fikrlarini bayon qildilar.
Tadbir so‘ngida texnikum o‘quvchilarining bergan savollari doirasida savol-jovoblar bo‘lib o‘tdi.








Telegram | Facebook | Instagram | Youtube