«Konstitutsiya-baxtimiz qomusi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Farg’ona viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan «Konstitutsiya-baxtimiz qomusi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Farg’ona viloyati sud raisining o’rinbosari, Fuqarolik ishlari bo’yicha sudlov hayati raisi Xasanov Oybek Alimovich, texnikum pedagog-xodimlari hamda o’quvchilar ishtirok etdilar.

Suhbatda Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o’rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz istiqboli va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi roli, shuningdek, so’nggi yillarda Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarning islohotlar samarasini oshirishdagi ahamiyatiga doir masalalar muhokama qilindi.

Davra suhbatida faol ishtirok etgan o’quvchilar O. Xasanov tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi



Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Ulashing: