O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Farg’ona viloyati mudofa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarini harbiy-texnika mutaxasisliklari bo’yicha tayyorlash markazida o’quvchi yoshlar o’rtasida huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida «Siz Konstitutsiyani qanday bilasiz» shiori ostida bilimdonlik berlashuvi o’tkazildi.
Tanlovda Farg’ona viloyati Yuridik texnikumining «Adliya izdoshlari» jamoasi ham ishtirok etdilar.
Tanlovda Farg’ona viloyat Adliya boshqarmasi bosh maslaxatchisi Yaxyo Zulfiqorov, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyati kengashi raisi vvb mayor Shoxruh Jumanov, MB jamoatchilik kengashi Farg’ona viloyati yetakchi mutaxassisi Jamoliddin Nasriddinov va boshqa jamoat tashkilotari ishtirok etdi
Tanlov natijasiga ko’ra Farg’ona viloyati yuridik texnikumining «Adliya izdoshlar» jamoasi faxrli 1-o’rini egalladilar.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube